Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angrenda Janubiy Koreya universiteti filiali ochiladi

Angrenda Janubiy Koreya universiteti filiali ochiladi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

28-fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov Janubiy Koreyaning Kukmin universiteti vitse-prezidenti O Seong Xo bilan uchrashdi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuv davomida Angren shahrida Kukmin universitetini ochish bo‘yicha dastlabki kelishuv imzolandi.

Yangi tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasasida muhandislik, elektron muhandislik va informatika, axborot xavfsizligi, arxitektura, dizayn, biznes boshqaruvi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish lozim, Kukmin universitetiga 1946 yilda asos solingan bo‘lib, bugungi kunda uning tarkibida 15 ta fakultet faoliyat yuritib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring