Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon va Buxorodagi 10 ta yetakchi maktabda pedagogik sinflar tashkil etiladi

Andijon va Buxorodagi 10 ta yetakchi maktabda pedagogik sinflar tashkil etiladi

Foto: «Xabar.uz»

Andijon va Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarorlari (187, 188-son, 06.04.2021 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Andijon hamda Buxoro davlat universitetlari pedagogika institutlarining asosiy vazifalari belgilandi.

Mazkur Institutlarda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

2021/2022 o‘quv yilidan ushbu universitetlarda pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi.

Shuningdek, o‘quvchilarni pedagogik kasbga yo‘naltirish maqsadida Andijon va Buxoro viloyatlari yetakchi ta’lim muassasalarining 10 tasida quyidagilar tashkil etiladi:

  • 3–4-sinf o‘quvchilari uchun «O‘qish va matematik savodxonlik bo‘yicha sinflar»;
  • 8–9-sinf o‘quvchilari uchun «Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha sinflar»;
  • 10–11-sinf o‘quvchilari uchun «Pedagogik sinflar».

Eslatib o‘tamiz, mazkur Pedagogika institutlari Prezident qarori (PQ–4623-son, 27.02.2020 y.) bilan tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring