Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

ADUda korrupsiyaga qarshi murojaat boti orqali 2 o‘qituvchi ishdan ketdi

ADUda  korrupsiyaga qarshi murojaat boti orqali 2 o‘qituvchi ishdan ketdi

Foto: Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Joriy yilning 3-fevral kuni Andijon davlat universitetida navbatdagi  «Rektor va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda universitetning biologiya va kimyo ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi 320 dan ortiq talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuvda prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasida hamda 31-yanvar kuni olimlar bilan uchrashuvlarida belgilangan muhim vazifalarni ijro etish hamda oliy ta’limni «Korrupsiyasiz soha» ga aylantirishga oid ishlar ko‘rildi. 

Rektor Akramjon Yuldashev universitetda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib, rektorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat botining tashkil etilganini ma’lum qildi. Xususan, ushbu bot orqali qilinayotgan murojaatlar natijasida 2 nafar o‘qituvchining shartnomasi bekor qilingan va yana 2 nafar o‘qituvchi bilan shartnoma bekor qilinish arafasida turibdi. 

Foto: Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Shuningdek, rektor talabalarga murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashda yordam berishlarini, bu uchun korrupsiyaga duch kelganda aniq ma’lumot berish kifoya ekanini, faqatgina hamkorlik orqali uni yengish mumkinligini aytib o‘tdi.

So‘ngra talabalar takliflari va savollarini eshitildi.

Shundan so‘ng, 20 dan ortiq talabalar o‘z fikr-mulohazalari, savollarini yo‘lladilar. 

Ular ichida talabalarni xorijga va mamlakatimizdagi yetakchi OTMlarga yuborish, botanika va kimyo o‘quv laboratoriyalari uchun kerakli radioaktivlarni olib berish, zoologiya muzeyi va botanika bog‘ini qayta tiklash, 5 kunlik o‘qishni joriy etishni tajriba sifatida sinab ko‘rish, amaliyot muddatlarini aprel oyiga ko‘chirish masalalari hal etiladigan bo‘ldi.

Foto: Andijon davlat universiteti matbuot xizmati
Foto: Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Yig‘ilish yakunida har kuni soat 14:00 da universitet rektori va talaba-yoshlar uchrashuvini o‘tkazib borish belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring