Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OTMlarga kirish uchun ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

OTMlarga kirish uchun ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

2019-yil 25-iyulidan 10-avgustiga qadar respublikadagi 31 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovlarisiz abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining  bayoniga muvofiq 2019-2020 o‘quv yili uchun tasdiqlangan 122 ta ta’lim yo‘nalishida qabul test sinovlarisiz kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali amalga oshiriladi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Ayni kunlarda 85 ming nafarga yaqin yigit-qizlar kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha imtihon dasturlari va har bir fan xususiyati hisobga olingan holda baholash mezonlari, shuningdek, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi OTMlar tomonidan ishlab chiqilib, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tishi hamda baholanishi uchun imtihon bo‘lib o‘tadigan barcha auditoriyalar, sport zallari va maydonlarga kuzatuv kameralari o‘rnatilib, ota-onalarga jarayonlarni bevosita kuzatish imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, imtihon jarayonlarini jamoatchilik nazorati ostida shaffof va oshkora o‘tkazish maqsadida ota-onalar vakillari, tuman (shahar) xalq deputatlari, davlat va nodavlat tashkilotlari mutaxassislari taklif qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring