Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Adolat» SDP o‘quvchilarga issiq ovqat berish va aniq fanlarni ko‘proq o‘qitishni taklif qildi

«Adolat» SDP o‘quvchilarga issiq ovqat berish va aniq fanlarni ko‘proq o‘qitishni taklif qildi

O‘zbekiston «Adolat» SDP deputatlik guruhlari tomonidan umumta’lim maktablaridagi tayyorgarlik, ta’lim muassasasi xodimlari va o‘quvchilarning  xavfsizligi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ba’zi umumta’lim maktablarida tayyorgarlik, kerakli bo‘lgan ximoya vositalarini harid qilish ishlari mutasaddi rahbar va homiylar tomonidan amalga oshirilgan. Shu bilan birgalikda, hududlarda mas’ul shaxslarning e’tibori hali yetarli darajada emasligi, ishlar bir xilda tashkil etilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Natijada, o‘quv davrida muassasa xodimlari va o‘quvchilarning xavfsizligini to‘liq ta’minlash uchun aniq vazifa va hisob-kitoblar to‘liq qilinmagan. Hayot tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki o‘quv jarayoniga jalb qilingan o‘qituvchi, mutaxassislar Covid-19 va boshqa resperator kasalliklar bilan kasallanganligi oqibatida o‘quv jarayonida o‘qituvchilarning yetishmasligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagilarni inobatga olib mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlari maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun quyidagi masalalarni kiritmoqda:

  • Umumiy dars yuklamalarini qisqartirib aniq fanlarga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligi;
  • Umumta’lim maktablarida ijtimoiy masofa va havfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ta’limning a’anaviy holda davom ettirish imkoniyati yo‘qligi sababli ana’naviy va masofaviy turlarini parallel olib borish ya’ni, guruh o‘quvchilarini 2 smenaga ajratgan holda 3 kun an’naviy va 3 kun masofaviy tizimga o‘tish;
  • Pedagog va o‘quvchilarga ximoya vositalarini budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplash;
  • Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun issiq ovqat tashkil etish (ijtimoiy masofa va havfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda);
  • Har bir umumta’lim muassasalarida tibbiyot xonasi, tibbiyot xodimlari va birlamchi talab etiladigan dori vositalari bilan ta’minlash.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi O‘zbekiston «Adolat» SDP deputatlik guruhlari tomonidan umumta’lim maktablaridagi tayyorgarlik, ta’lim muassasasi xodimlari va o‘quvchilarning  xavfsizligi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.SDP deputatlik korpusi nomidan yuqoridagi masalalar ijobiy hal etilishida amaliy yordam berilishini so‘rab xukumat maxsus komissiyasiga taklif yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring