Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

9-avgust kungi test natijalari e’lon qilindi

9-avgust kungi test natijalari e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘n ikkinchi kuni (9-avgust) natijalari e’lon qilindi.

DTM xabariga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar quyidagicha bo‘ldi:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5120101 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi – 213,6 ball (164,6 ball test sinovlari natijasi, 49 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);
  • Toshkent davlat yuridik universitetining 5240100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 5120112 – Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • O‘zbekiston milliy universitetining 5120300 – Tarix ta’lim yo‘nalishi – 180,3 ball;

s) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

  • O‘zbekiston milliy universitetining 5120112 – Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi – 173,4 ball.

Test sinovlari natijalarini shaxsiy kabinet, ya’ni cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent IDcini kiritgan holda ko‘rish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring