Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

7-avgustdagi test natijalari ma’lum bo‘ldi

7-avgustdagi test natijalari ma’lum bo‘ldi

Foto:«Mahalladosh.uz»

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘ninchi kuni (7-avgust) natijalari e’lon qilindi. Bu haqda DTMning rasmiy Telegram kanalida xabar berildi. 

Unga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

- Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5111200 – O‘zbek tili va adibiyoti ta’lim yo‘nalishi – 232,1 ball (176,1 ball test sinovlari natijasi, 56 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);
- Toshkent davlat yuridik universitetining 5240100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
- Buxoro tibbiyot institutining 5510100 – Davolash ishi (Buxoro) ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

- Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5111200 – O‘zbek tili va adibiyoti ta’lim yo‘nalishi – 214,9 ball (167,9 ball test sinovlari natijasi, 47 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);
- Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 5120300 – Tarix (mamlakat va mintaqalar) ta’lim yo‘nalishi – 170,3 ball;

c) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

- Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 5120700 – Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 167,4 ball.

Test sinovlari natijalarini cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID sini kiritgan holda ko‘rish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring