Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«6 mingdan ortiq pedagog qiynalib kelishardi» – Sherzod Shermatov

«6 mingdan ortiq pedagog qiynalib kelishardi» – Sherzod Shermatov

Foto: Xabar.uz

«Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ushbu farmonning imzolanishiga munosabat bildirdi.

«6 mingdan ortiq pedagog xodimlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskadan o‘ta olmay yillar davomida qiynalib kelishardi. Ushbu farmon ularning oilalariga xursandchilik olib kelishi aniq.

To‘g‘risi, o‘zim Toshkentda tug‘ilib o‘sganim uchun propiska degan masalaga avval unchalik e’tibor qilmasdim. Lekin, Xalq ta’limi vazirligiga o‘tgandan keyin propiska bo‘yicha yuzlab murojaatlarni ko‘rib, biroq rahbar sifatida ularga yordam bera olmaslikni boshdan o‘tkazgandan keyin, bu masala ushbu soha xodimlari uchun qanchalik zarur ekanini his qilishga to‘g‘ri kelgan edi.

Maktablardagi oyliklar yillar davomida past bo‘lgani sababli toshkentliklar orasida maktabga ishga kirib ishlashni xohlovchilar ham unchalik ko‘p bo‘lmagan. Bunday sharoitda ishlash uchun esa ko‘pgina maktablar boshqa hududlardan kelgan xodimlarnigina ishga taklif qila olgan.

Lekin, shu og‘ir mehnatiga qaramay, propiska degan rasmiyatchilikni deb, ular o‘z uyi bo‘lsa ham unga qonuniy egalik qila olmagan. Mana, Prezidentimizning ushbu farmoni bilan barcha davlat tashkilotlarida 5 yil ishlab kelgan xodimlar uchun propiska muammosi hal bo‘ldi. Shuning uchun bu farmondan son jihatdan eng ko‘p xursand bo‘lganlar aynan xalq ta’limi sohasidagilar bo‘lsa kerak deb o‘ylayman», – deb yozadi vazir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring