Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

18 nafar maktab o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

18 nafar maktab o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Foto: «Uza.uz»

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 10-apreldagi «O‘zbekistonda Sharda universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan Andijonda tashkil etilgan Sharda universitetida ayni paytda bir necha yo‘nalishlarda talabalar ingliz tilida tahsil olmoqda.

Sharda universiteti hamda Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi o‘rtasida umumta’lim maktablarini oliy ta’limga tayyorlash, o‘quvchilarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ana shu hamkorlik doirasida bu yil ilk bor Sharda olimpiadasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur olimpiadaning quyi bosqichlarida 6 ta fan (kimyo, biologiya, fizika, informatika, matematika, ingliz tili) bo‘yicha qariyb 4 mingdan ziyod o‘quvchilar ishtirok etdi. Yuqori natijaga erishgan 287 nafar bitiruvchi yoshlar olimpiadaning final bosqichida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

«Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 18 nafar maktab bitiruvchisi muddatidan avval talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu albatta, o‘quvchilarimizni puxta bilim olishga bo‘lgan intilishi, faolligini oshiradi, qolaversa, oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda, muddatidan avval kirish imkonini beradi», – deydi Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilov.

Qo‘shma loyiha doirasidagi navbatdagi olimpiada O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti (KIUF) hamkorligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring