Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

COVID-19dan keyin ko‘p narsa o‘zgaradi

COVID-19dan keyin ko‘p narsa o‘zgaradi

Foto: publimetro.com

Mutaxassislarning fikricha, koronavirus pandemiyasi ortidan hech narsa avvalgidek bo‘lmaydi. Xususan, oliy ta’lim sohasi ham bundan mustasno emas. Bu borada qator ekspertlar o‘z xulosa va qarashlarini bildirishmoqda.

Quyida xalqaro talabalar faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis Margarite Dennisning oliy ta’lim Covid-19 virusidan keyin qanday o‘zgarishi borasidagi fikrlari bilan tanishishingiz mumkin. U ushbu sohada qariyb 25 yillik tajribaga ega.

Margarite Dennisga ko‘ra, Covid-19 dan keyin ta’lim sohasida kamida beshta o‘zgarish ro‘y beradi.

  • Yetkazib berishni Xitoydan uzoqda diversifikatsiya qilish.

Bugungi kunda, turli tovar muhsulotlari qatori dunyo miqyosida talabalar almashinuv zanjiri ham uzilib qoldi. Bu, o‘z navbatida, kelgusida diversifikatsiyani talab qiladi.

Dun & Bradstreet ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda qariyb besh millionga yaqin kompaniyalar xitoylik yetkazib beruvchilarga ega. Covid-19 esa, Xitoy yetkazib beruvchilariga nisbatan ishonchsizlik va xavfsirashni keltirib chiqardi. Jumladan, Apple, Amazon, Microsoft va ko‘plab yapon kompaniyalari Xitoydan boshqa mamlakatlar orqali yetkazib berish zanjirini diversifikatsiya qilishga intilishmoqda.

Qolaversa, dunyo bo‘ylab xitoylik talabalar soniga bog‘liq bo‘lgan kollej va universitetlar, xususan Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va AQSh singari davlatlar o‘z hududida xitoylik talabalarning o‘n yillar davomida kamayib borishini kutishadi. E’tiborlisi, 370 000 ming talaba yoki Qo‘shma Shtatlardagi jami xalqaro talabalarning 33,7 foizi Xitoydan.

Xitoylik talabalar qabul qilinishining qisqarishi allaqachon Avstraliya, Yangi Zelandiya va Kanada iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rasatdi.

Shuningdek, Xalqaro ta’lim instituti ma’lumotlariga ko‘ra AQSh kollejlari va universitetlarining to‘rtdan uch qismida bu yil koronavirus tufayli xodimlarni ishga qabul qilishida salbiy ko‘rsatgichni keltirib chiqargan. Bu ham oliy ta’lim jamoatchiligiga xitoylik talabalar soniga bog‘liqlik borasida katta saboq bermoqda.

Afrika, Osiyo va Avstraliyadan kelgan talabalar o‘rtasida QS tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda har 10 kishidan uchtasi virus tufayli o‘z rejalarini o‘zgartirganini aytishgan.

  • Onlayn o‘rganish uchun kengroq imkoniyat.

Shaxsiy o‘qitishni to‘xtatib qo‘ygan, tugatgan yoki uni onlayn o‘qitish bilan almashtirgan kollej va universitetlar soni har kuni ko‘payib bormoqda.

Endilikda, onlayn va MOOC orqali o‘rganish imkoniyatlarining oshirilishi hamda zarurati rad etilmaydi. Binobarin, OTM ma’muriyatlari ta’lim olishning qaysi qismi jonli ravishda, ya’ni auditoriyada va qaysi qismi onlayn tarzda taklif etilishini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lmoqdalar.

  • Onlayn yo‘llash usullarini tatbiq etish.

Ishga, o‘qishga qabul qilish va amaliyot o‘tash tartibi o‘zagaradi. Deyarli barcha Osiyo mamlakatlarida imtihonlar kechiktirildi. O‘z navbatida, bu birinchi kursga qabul qilinuvchi abituriyentlarning 2020 yilning kuzgi qabuliga ham ta’sir qiladi. Masalan, birgina Xitoyning SAT, TOEFL, GRE va GMAT imtihonlarini bekor qilishi kuzgi semestrda bo‘lajak xitoylik bakalavr hamda magistrlarning AQSh o‘quv yurtlariga kirishida ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirishi turgan gap.

Shu bilan birga, kelgusida o‘quv ma’muriyati tomonidan bo‘lajak talabalar bilan internet orqali tanishish va muloqot olib borishi takomillashadi. Bu borada murojaatlarni qabul qilishning moslashuvchan muddati va malakaviy ma’lumotlarni baholash qayta ko‘rib chiqiladi. Chunki, qabul qilish tartibining avvalgi algoritmlari endi ishlamasligi mumkin. Yo‘nalishlarning an’anaviy dasturlari ham o‘z kuchini yo‘qotadi.

Nunzio Quasquarelliga ko‘ra, global oliy ta’lim sektori talabnomalarni topshirish muddati va kechikuv holatlarini qayta davom ettirish uchun moslashuvchan bo‘lishi kerak.

  • Telekonforensiyalar ahamiyati oshadi.

Covid-19 virusi tarqalishi ortidan aksariyat kompaniya, kollej va universitetlar o‘z xodimlari uchun barcha zarur bo‘lmagan xorijiy safarlarni ta’qiqlab qo‘ydi. Bu telekonferensaloqa imkoniyatlari ahamiyatini oshiradi. U uzoq masofalarga bo‘lgan safarlar ehtiyojini qisman o‘zgartirishi mumkin. Chunki o‘qituvchilar va ma’murlarning stajirovka va ilmiy konferensiyadagi ishtiroki baholanib kelingan va bundan keyin ushbu baholash ham qayta ko‘rib chiqiladi.

  • Talabalar uyga yaqinroq joyda o‘qishni tanlashadi.

Endilikda, ko‘plab talabalar o‘z yashash hududiga yaqinroq OTMlarda o‘qishni afzal ko‘rishadi. QS tomonidan nashr qilingan hisobotga ko‘ra, osiyolik bo‘lajak talabalar mintaqaviy universitetlarga uchinchi darajali o‘qish sifatida murojaat qilishlari mumkin.

BMI maxsus loyihalar direktori Spenser Xokesga ko‘ra, osiyolik talabalar ko‘proq o‘z qit’asida o‘qish istagi paydo bo‘lishining aniq tendensiyalari mavjud. Bu allaqachon ro‘y bermoqda ham. Ayni paytda, Malayziya xorijiy talabalar eng ko‘p tahsil oladigan Osiyodagi yetakchi mamlakatlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. 

IDP Connect vakili Sayman Emmettning The PIE Newsga aytishicha, osiyolik bo‘lg‘usi talabalarning katta qismi Malayziya, Janubiy Koreya va Singapurda o‘qish imkoniyatlarini o‘rganishmoqda.

Bir so‘z bilan, kelajakni oldindan aytib bo‘lmaydigan bugungi davrda iqtisodiyot va oliy ta’lim uchun yangi model paydo bo‘lishi, shubhasiz. Covid-19 virusi odamlar dunyoqarashini o‘zgartirishi va turfa xil fikrlashni talab qiladigan yangi dunyo tartibini yaratadi. O‘zgarayotgan mehnat bozorlari uchun talabalar ham qayta moslashtiriladi.

Ma’lumot uchun, 1665 yil Kembrij universiteti vabo tufayli yopilgan. Natijada Isaak Nyuton uydan turib ishlashga majbur bo‘ladi. Buning ortidan u butun olam tortishish qonunini kashf etgan va qonun yordamida sayyoralarni tekshirishga kirishgan.

Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring