Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zoir Mirzayev mahalliy futbolchilardan Qashqadaryoda o‘ynashni talab qildi

Zoir Mirzayev mahalliy futbolchilardan Qashqadaryoda o‘ynashni talab qildi

Qashqadaryo viloyat hokimligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda hokim Zoyir Mirzayev futbol klublarining faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Nnews.uz xabar berib o‘tdi.

– Nega Qashqadaryo futbolchilari boshqa viloyatda, boshqa viloyat futbolchilari Qashqadaryoda o‘ynashi kerak. Nima ish qilayapti futbol federatsiyasi?

Futbolda hamma joy tanish-bilishchilik. Hamma o‘yin stadion ichida emas, stadion orqasida bo‘lyapti. Viloyatdagi 3 ta futbol klubining har bir xodimi bilan gaplashamiz, nazorat qilamiz, — dedi Zoyir Mirzayev.

Shuningdek, Zoyir Mirzayev futbolchilarni Qashqadaryoda tayyorlash kerakligi, boshqa mamlakatdan futbolchi sotib olinmasligini ta’kidlagan. Bu borada barcha futbol akademiyalari va sport maktablari faoliyatini jiddiy nazorat qilishini aytib o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring