Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yuventus» Neymar transferi bo‘yicha «PSJ»ga taklif kiritdi

«Yuventus» Neymar transferi bo‘yicha «PSJ»ga taklif kiritdi

Foto: «UA-Football»

Turinning «Yuventus» klubi braziliyalik hujumchi Neymarni olib kelish uchun «PSJ»ga taklif tayyorlayapti. Bu haqda «Mundo Deportivo» xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, «Yuventus» Neymar evaziga yarimhimoyachi Blez Matyuidi va hujumchi Paulo Dibalani berib, belgilangan mablag‘ni ham to‘lab bermoqchi.

Ta’kidlanishicha, «PSJ»ni «barter» uncha qiziqtirmayapti, faqat futbolchi uchun qancha to‘lanishi muhim.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017-yil yozida «PSJ»ga 222 mln. yevro evaziga «Barselona»dan o‘tib, futbol tarixidagi eng qimmat o‘yinchiga aylangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring