Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yolg‘onchi Meyvezer 10 soniyada ikki million dollar ishladi

Yolg‘onchi Meyvezer 10 soniyada ikki million dollar ishladi

Foto: «Prosports»

Amerikachilik bokschi Floyd Meyvezer qanday qilib 10 soniyada ikki million dollar ishlagani haqida o‘zining instagramida yozdi.

«Bu yerda Meyvezer va Pakyao revansh jangi haqida 8 oy oldin olgan videom bor. Shu video uchun menga 2,2 mln. dollar to‘lashdi. Haqiqat shundaki, bu jang hech qachon bo‘lmaydi. Endi barmog‘ingizni chapga qilib, video uchun menga jo‘natilgan pulga qarang. Xo‘sh, eng aqlli kim ekan? Men 10 soniyalik rolik uchun millionlab  topyapman», — deb yozdi u.

Foto: «Instagram»

Meyvezerning o‘sha videosi internetda tarqab ketgandi. Unda Meyvezer shunday deydi: «Saudiya Arabistoniga kelish men uchun katta sharaf. Men Menni Pakyao bilan bo‘lg‘usi revanshni kelishib olish uchun keldim».

Endi esa... bokschi o‘z tili bilan video g‘irt uydirma ekanini aytib, kamiga shuning ortidan mo‘maygina pul ishlab olganini maqtayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring