Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil jangiga sanoqli kunlar qoldi: Nurmagomedov nimadan xavotirda?

Yil jangiga sanoqli kunlar qoldi: Nurmagomedov nimadan xavotirda?

Foto: «Yandex»

UFC chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik Jastin Getji bilan jangga qanday tayyorgarlik ko‘rgani haqida ma’lum qildi.

«Bu ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan og‘ir mashg‘ulot. Hech kim vaqtni to‘xtatolmaydi va o‘tmishni qaytarolmaydi, bizga faqat sabr va mehnat yordam beradi»,dedi sportchi «Instagram»dagi o‘zining sahifasida.

Avvalroq Jastin Getji Nurmagomedovni qanday mag‘lub etishni niyat qilgani to‘g‘risida jurnalistlarga gapirib bergandi. Amerikalikning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘pincha o‘zining janglarida «raqiblariga og‘riq va shikast yetkazadi». Habib bilan bo‘ladigan jangda ham shuni takrorlash niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov — Getji jangi UFC 254 musobaqasi doirasida 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tadi. Ushbu shouda tomoshabinlar ishtirok etmaydi. Biroq muxlislar jangni televizor orqali tomosha qilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, rossiyalik sportchi shu paytgacha jami 28 ta jang o‘tkazib, 28 marta g‘alaba qozongan va biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan. Getji hisobida esa 22 ta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring