Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xamzat Chimayev UFC rekordini o‘rnatdi

Xamzat Chimayev UFC rekordini o‘rnatdi

Foto: «Yandex.ru»

Asli Chechenistonda tug‘ilgan, hozirda Shvetsiyada istiqomat qilayotgan aralash jang kurashchisi (MMA) Xamzat Chimayev 10 kun ichida erishgan g‘alabalari soni bo‘yicha UFC rekordini o‘rnatdi.

UFC Fight Night 178 (UFC Vegas 11) musobaqasida sportchi raqibi Jerald Mirshertni 17 soniyada nokautga uchratdi.

«10 kun ichida ikkita g‘alaba — bu UFC uchun yangi rekord (sakkiztalik musobaqalar bundan mustasno). Birinchi va ikkinchi jangi uchun ham bonus sifatida 50 ming dollar olgan», — deb yozadi «Sport-Ekspress» 20-sentyabr kuni.

Nashrning ta’kidlashicha, Chimayev 2013-yilda Chechenistondan Shvetsiyaga ko‘chib o‘tgandan so‘ng MMA bilan shug‘ullana boshlagan.

26-iyul kuni Chimayev BAAda UFC musobaqasida britaniyalik Ris Makki ustidan g‘alaba qozongandi. O‘shanda jangchi raqibini uch daqiqada «biryoqli qilgan». Jang texnik nokaut bilan yakunlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring