Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vitaliy Denisov Qozonning «Rubin» klubiga o‘tadi

Vitaliy Denisov Qozonning «Rubin» klubiga o‘tadi

Foto: www.fclm.ru

«Lokomotiv» himoyachisi Vitaliy Denisov jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik 32 yoshli futbolchi faoliyatini Qozonning «Rubin» klubida davom ettiradi.

«Biznes Online» tomonidan xabar qilinishicha, Denisov erkin agent maqomida jamoasini almashtiradi. Uning «Lokomotiv» bilan shartnomasid yozda yakuniga yetadi. Ayni vaqtda himoyachi Qozonda tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda va «Rubin» bilan shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda.

Vitaliy Denisov yakuniga yetgan mavsumni «Krilya Sovetov» klubida ijara asosida o‘tkazgan va 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Shuningdek unga ikkita sariq kartochka ham ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring