Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Useyn Bolt 4x100 metrlik estafetaga qaysi futbolchilarni sherik qilgan bo‘lardi?

Useyn Bolt 4x100 metrlik estafetaga qaysi futbolchilarni sherik qilgan bo‘lardi?

Foto: «Getty Images»

Yamaykalik sportchi, 100 va 200 metr hamda 4x100 metrlik estafetaga yugurish bo‘yicha jahon rekordlari sohibi Useyn Bolt zamonamizning eng tez yuguruvchi futbolchilarini tilga oldi. Bu haqda «Sportbox» xabar bermoqda.

«4x100 metrlik estafetaga futbolchilardan kimlarni olgan bo‘lardim? Krishtianu Ronaldu, Kilian Mbappe va Garet Beylni», — dedi Bolt.

Useyn Bolt, shuningdek, FIFAning yilning yaxshi o‘yinchisi sovrini Krishtianu Ronalduga topshirilishi kerak, degan fikrda.

Eslatib o‘tamiz, FIFA mukofotlarni topshirish marosimi 23-sentyabr kuni Milanda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring