Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umid Ahmadjonov: «Babayanning subuti bo‘lganda, O‘zbekistonga qaytmas edi»

Umid Ahmadjonov: «Babayanning subuti bo‘lganda, O‘zbekistonga qaytmas edi»

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov yaqinda Toshkentning «Lokomotiv» klubida ish boshlagan terma jamoa sobiq murabbiyi Samvel Babayan haqida keskin fikrlar bildirdi. Bu haqida Akmal Eshonxonov Feysbukdagi sahifasida ma’lumot qoldirgan.

Ahmadjonovning aytishiga ko‘ra, Babayan O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi yaqiniga yo‘naltirilmaydi. Shuningdek, Umid Ahmadjonov Samvel Babayanni subuti yo‘q inson ham deb atadi.

«Yaxshilikka yomonlik bo‘lib qoldi. Xorijga ketgani uchun birovning rizqini qiymaylik deb yaxshilik qilsak, u darrov boshqacha o‘yin qildi. Agar Babayanning subuti bo‘lganida edi, u O‘zbekistonga qaytib kelmagan bo‘lardi.

Odamlar orasida esa turli mish-mishlar tarqalib ketdi. O‘FA bularning barchasidan xabardor. Prezidentimiz ham kechirimli bo‘lish kerakligini aytgan edilar, biz ham shunday yo‘l bilan uni kechirgan edik. Shunisi aniqki, men o‘z lavozimimda ekanman Babayanni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yoniga ham yaqinlayshtirmayman», — degan Umid Ahmadjonov.

Ma’lumot o‘rnida, Samvel Babayan 2019 yilning 2 fevral kuni «Lokomotiv» futbol klubi prezidenti To‘labek Akramovning maslahatchisi etib tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring