Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yil o‘yinchisi»: UEFA uch da’vogar nomini e’lon qildi

«Yil o‘yinchisi»: UEFA uch da’vogar nomini e’lon qildi

Foto: UEFA

UEFA yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzod o‘yinchilar nomini e’lon qildi. Faxriy short-listga «Barselona» sardori Lionel Messi, «Yuventus» yetakchisi Krishtianu Ronaldu hamda «Liverpul» mudofaa ustuni Virjil van Deyk kiritildi.

  • Messi o‘tgan mavsumda ChLning eng yaxshi to‘pururari va «Oltin butsa» sohibi bo‘lib, futbolchi sifatida 10-marotaba La Liga chempioniga aylandi.
  • Ronaldu Millatlar ligasidagi debyutni yutib, final bosqichining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, ilk marotaba «A» seriya chempionligini nishonladi.
  • Van Deyk Chempionlar ligasi g‘olibi va finalning eng yaxshi o‘yinchisi, qolaversa, Millatlar ligasi va APL vitse-chempioni bo‘ldi.

UEFAning boshqa mukofotlariga nomzodlar nomi ham e’lon qilindi:

  • Chempionlar ligasi eng yaxshi darvozaboni: Alison, Ugo Loris, Mark-Andre ter Stegen
  • Chempionlar ligasi eng yaxshi himoyachisi: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Matteys de Ligt
  • Chempionlar ligasi eng yaxshi yarimhimoyachisi: Frenki de Yong, Jordan Henderson, Kristian Eriksen
  • Chempionlar ligasi eng yaxshi hujumchisi: Sadio Mane, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu
  • Yevropa ligasi eng yaxshi o‘yinchisi: Eden Azar, Olive Jiru, Luka Yovich
  • Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: Amandin Anri, Lyusi Bronz, Ada Xegerberg

Barcha mukofot egalarining nomi 29-avgust kuni Monakoda — Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida aniq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring