Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UEFA ChL pley-off uchun rasmiy to‘pini taqdim etdi

UEFA ChL pley-off uchun rasmiy to‘pini taqdim etdi

Illyustrativ surat

UEFA o‘z tvitterida ChL jamoalari pley-offda o‘ynaydigan rasmiy to‘pni taqdim etdi.

To‘p dizaynida qizil va ko‘k ranglarga urg‘u berilgan, Istanbul Sharq va G‘arb tutashuvchi, Osiyo va Yevropa rishtalari bog‘lanadigan maskan sifatida aks ettirilgan.

UEFA ChL 1/8 finali birinchi o‘yinlari 18-fevral kuni start oladi. Bizning vaqt bilan esa o‘yinlar 19-fevral tunida, soat 01:00 da boshlanadi:

1/8 finali dastlabki o‘yinlari:


19.02.2020. soat 01:00

«Atletiko Madrid» — «Liverpul»

«Borussiya D» — «PSJ».


20.02.2020. soat 01:00

«Atalanta» — «Valensiya»

«Tottenhem» — «RB Leypsig»


26.02.2020. soat 01:00

«Chelsi» — «Bavariya»

«Napoli» — «Barselona»


27.02.2020. soat 01:00

«Lion» — «Yuventus»

«Real Madrid» — «Manchester Siti»

Ushbu bosqich javob o‘yinlari 17-martdagi uchrashuvlar bilan yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun: 2019/2020 mavsumi finali 30-may kuni Istanbuldagi «Olimpiya» stadionida o‘tkaziladi. Ushbu stadionda 2005-yili UEFA ChL finalida «Liverpul» va «Milan» to‘qnashgan — (3:3). Penaltilar seriyasida g‘olib chiqqan inglizlar o‘z tarixlarida beshinchi marta sovringa ega chiqib, uni o‘zlari bilan olib ketishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring