Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UEFA Turkiyani Chempionlar ligasi finalisiz qoldirishi mumkin

UEFA Turkiyani Chempionlar ligasi finalisiz qoldirishi mumkin

Foto: «Vesti.ru»

Milliy chempionatlarning qayta start olishini diqqat bilan kuzatayotgan UEFA amaldagi mavsum Chempionlar ligasini ham yakunlab qo‘yish ustida bosh qotiryapti.

Turnirning final qismi «To‘rtlik finali» shaklida Turkiya yoki Germaniyada bo‘lib o‘tishi mumkin.

1/8 finalning qoldirilgan o‘yinlari g‘oliblarini 7-8-avgust kunlari, chorak finallar g‘oliblarini esa 13-14-avgust kunlari neytral stadionlarda bitta o‘yinda aniqlash rejalashtirilgan, deb yozmoqda «Sky Sport Italia». Yarim finallar va final o‘yinini «To‘rtlik finali» shaklida o‘tkazish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilyapti.

Xabarlarga ko‘ra, avvaldan final Istanbul shahrida o‘tkazilishi belgilangani uchun UEFA boshida «To‘rtlik finali»ni ham Turkiyada o‘tkazishni ko‘rib chiqayotgandi. Biroq mamlakatdagi epidemiologik vaziyatning mavhumligi bois Germaniya varianti ham paydo bo‘ldi — Bundesliganing restarti UEFA mutasaddilarida yaxshi taassurot qoldirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring