Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tottenxem» dramatik o‘yinda «Manchester Siti»dan o‘tib, YeChL yarim finaliga chiqdi

«Tottenxem» dramatik o‘yinda «Manchester Siti»dan o‘tib, YeChL yarim finaliga chiqdi

Foto: «Google.com»

Yevropa Chempionlar ligasining chorak final javob o‘yinida «Tottenxem» safarda «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushib, mag‘lubiyatga uchradi ammo ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarim finalga yo‘l oldi.

Jamoalar o‘rtasida kechgan dastlabki bahsda «Tottenxem» o‘z maydonida 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. «Manchester Siti» o‘z maydonida 4:3 hisobida yengishga muvaffaq bo‘ldi, ammo safardagi gol tizimiga ko‘ra «Tottenxem» yarim finalga yo‘l oldi.

E’tiborli tomoni, londonliklar safida Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi Son Xin Min ikkita gol kiritgan.

Chempionlar ligasi
Chorak final, javob bahsi
Manchester Siti Angliya – Tottenxem Angliya 4:3 (2:2, 2:1)
Gollar: 1:0 – 4 Sterling, 1:1 – 7 Son Hin Min, 1:2 – 10 Son Hin Min, 2:2 – 11 Bernardu Silva, 3:2 – 21 Sterling, 4:2 – 59 Aguero, 4:3 – 73 Lorente.
Manchester Siti – Ederson, Kompani, Mendi (Sane, 84), Uoker, Laport, Silva (Fernandino, 63), Gyundogan, Bernardu Silva, de Bryuyne, Sterling, Aguero.
Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Tripper, Vertongen, Eriksen, Vanyama, Lukas Moura (Devis, 82), Sissoko (Lorente, 41), Alli, Son Hin Min.
Ogohlantirishlar: Sissoko (41), Son Hin Min (48), Rouz (54), Vanyama (77).
Ilk o‘yin – 0:1

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring