Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tomas Tuxel: «Neymar bitta shart bilan jamoadan ketadi»

Tomas Tuxel: «Neymar bitta shart bilan jamoadan ketadi»

Foto: «Reuters»

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Tomas Tuxel braziliyalik forvard Neymarning jamoadan ketish ehtimolini izohladi. Mutaxassisning so‘zlarini «Goal.com» e’lon qildi.

«Bizda o‘rinbosar topilmaguncha u jamoani tark etmaydi. Bunga shubha yo‘q. Agar biz Neymarni saqlab qolsak, g‘alaba qozonishimizga yordam beradigan o‘yinchimiz bo‘ladi», — dedi Tuxel Fransiya chempionati bahsidagi «Renn» (1:2)ga mag‘lubiyatidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

27 yoshli Neymar karerasini yana «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Shuningdek, o‘yinchiga Madridning «Real» jamoasi ham da’vogarlik qilmoqda. 27 yoshli Neymar yana «Barselona»da karerasini davom ettirishi mumkin. Shuningdek, o‘yinchiga Madridning «Real» jamoasi ham da’vogarlik qilmoqda. Kataloniyaliklar futbolchini qaytarishga umid qilishmoqda. «Qirollik jamoasi» ham bu forvardni qo‘lga kiritish uchun bir qancha futbolchilari bilan xayrlashishni ko‘zlamoqda. Jumladan, «PSJ»ga xorvat Luka Modrich o‘tishi mumkin. Bundan tashqari, «Sport.es»ning ta’kidlashicha, Madridda Neymar uchun yiliga 40 million yevrodan besh yillik shartnoma taxt qilib qo‘yilgan.

Neymar Barselonadan «PSJ»ga 2017-yilda o‘tgandi. Transfer parijliklarga 222 million yevroga tushgan, bu jahon futboli uchun rekord ko‘rsatkich. 2018/2019-yilgi mavsumda u «PSJ» uchun 28 ta o‘yinda 23 ta golga mualliflik qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring