Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Termizda Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqada qancha mukofot beriladi?

Termizda Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqada qancha mukofot beriladi?

Foto: Xabar.uz

Bugun Termiz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun XIV an’anaviy Al Hakim At-Termiziy xalqaro turniri boshlandi. Ayni vaqtda musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollari bo‘lgan xalqaro turnirda 48 ta davlatning 130 nafardan ziyod sportchilar qatnashmoqda.

Turnirda ayollar uchta vaznda, erkaklar esa 7 ta vaznda kurash olib boradi. Mutlaq vaznda g‘olib bo‘lgan kurashchiga 10 ming AQSh dollari, ikkinchi o‘rin sohibiga esa 5 ming dollar topshiriladi. Uchinchi o‘rin egalari esa 3,5 ming dollardan mukofot oladi. E’tiborli tomoni, mutlaq vaznning to‘rt nafar chorak final ishtirokchisi ham 2ga ming dollardan rag‘batlantiruvchi mukofot berilishi ko‘zda tutilgan.

Musobaqaning qolgan barcha vaznlarida g‘olibga 3 ming AQSh dollari, ikkinchi o‘rin egasiga 2 ming va uchinchi o‘ringa ming dollar sovrin beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring