Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sport TV» bugun qaysi o‘yinni jonli ko‘rsatadi — O‘zbekiston U-23 yoki «Bunyodkor»?

«Sport TV» bugun qaysi o‘yinni jonli ko‘rsatadi — O‘zbekiston U-23 yoki «Bunyodkor»?

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatida o‘ta muhim bo‘lgan bahsda maydonga tushadi. Olimpiyachilarimiz Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynashi lozim.

Shu bilan birga «Bunyodkor» klubi ham Osiyo Chempionlar ligasining ikkinchi saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan uchrashuvda Iroqning «Az-Zavra» klubiga qarshi maydonga chiqadi.

«Jar» stadionida bo‘lib o‘tadigan bellashuv soat 14:00da boshlanadi. Tailandda davom etayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yarim finalidagi O‘zbekiston OTJ ishtirokidagi o‘yin esa 15.15da boshlanishi lozim.

Olimpiada yo‘llanmasini taqdim qiladigan mazkur o‘yinning ahamiyati yuqori bo‘lgani sababli «Sport» telekanali Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston uchrashuvini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish qilishni rejalashtirgan. Bu haqda «Bunyodkor» klubi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

«Bunyodkor» - «Az-Zavra» o‘yini esa, kechki 22:00da yozib olingan holda namoyish etiladi. Shu bois jamoa ishqibozlaridan «Jar» stadioniga tashrif buyurib, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlab turishingizni so‘rab qolamiz!

Manba: fcbunyodkor.com

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring