Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tottenhem»da yo‘qotish: Son Xyon Min safdan chiqdi

«Tottenhem»da yo‘qotish: Son Xyon Min safdan chiqdi

Foto: «Getty Images»

Angliyaning «Tottenhem» klubi hujumchisi Son Xyon Min o‘ng qo‘lidan olgan jarohati bois jarrohlik stoliga yotqiziladi. Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, koreys futbolchisi APL 26-turida «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda jarohat orttirib olgan.

Ta’kidlanishicha, forvard bir necha haftagacha jamoasiga yordam berolmaydi. Vaziyat shunisi bilan ham achinarliki, londonliklarning asosiy hujumchisi Xarri Keyn ham jarohat olgan. Keyn apreldan keyingina safga qaytishi kutilmoqda.

Ushbu mavsum Son uchun juda muvaffaqiyatli o‘tayotgandi: barcha turnirlardagi 32 ta o‘yinda 16 ta gol urib, sakkizta golga assistentlik qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali pley-off bosqichi doirasida, 20-fevral tunida «Tottenhem» «Leypsig»ni o‘z maydonida qabul qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring