Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhratbek Abdurahmonov yana bir lavozimni egalladi

Shuhratbek Abdurahmonov yana bir lavozimni egalladi

Foto: Andijon viloyati hokimligi

O‘zbekiston Aralash jang san’atlari federatsiyasi (MMA) Andijon viloyat bo‘limining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Aralash jang san’atlari federatsiyasi Andijon viloyat bo‘limining rahbari saylandi. Ushbu lavozimga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov nomzodi ovozga qo‘yildi va delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, u O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi Andijon viloyat bo‘limi rahbari etib tayinlandi.

Assotsiatsiyaga ijro direktor etib Nozimjon To‘ychiyev tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yangi aralash jang san’ati federatsiyasi tashkil qilinganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Federatsiyaga Otabek Umarov prezident etib tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring