Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shomurodovdan dubl. O‘zbekiston termasi Suriyani mag‘lub etdi

Shomurodovdan dubl. O‘zbekiston termasi Suriyani mag‘lub etdi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. «Milliy» stadionda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ektor Kuper shogirdlari g‘alaba qozonishdi. Bu uchrashuvda asosiy tarkibda maqdonga tushirilgan Eldor o‘zini ko‘rsatdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq hisob ochildi. Odil Ahmedovning aniq pasidan so‘ng Eldor Shomurodov darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, to‘pni uning oyoqlari orasidan o‘tkazib gol urdi.

Navbatdagi gol birinchi taym oxirlarida urildi. Jaloliddin Masharipovning aniq uzatmasini yana Eldor Shomurodov ko‘kka sovurmadi. Bu safar ham u chiroyli gol muallifi bo‘ldi.

Ikkinchi taymda Ektor Kuper tarkibda bir qator o‘zgarishlar qildi va tarkibdagi deyarli barcha futbolchini sinovdan o‘tkazib oldi. Hisob esa o‘zgarmadi.

O‘zbekiston – Suriya 2:0

Gollar: Eldor Shomurodov (3, 42).

O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Farrux Sayfiyev (Oleg Zoteyev, 73), Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov, Odil Hamrobekov (Fozil Musayev, 60), Oston O‘runov (Ikrom Aliboyev, 60), Odil Ahmedov (Xurshid G‘iyosov, 75), Quvondiq Ro‘ziyev (Doston Ibragimov, 66), Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 78).

Suriya: Ibrohim Alma, Muaid al-Ajan, Umro al-Midaniy (Shiib al-Ali, 46), Amro Jenait, Tomir Muhammad, Xolid al-Mubayi, Ahmad Ashkar, Ahmad al-Ahmad (Firos al-Xatib, 64) Muhammad al-Marmur (Hamid Mido, 84), Mahmud al-Moas (Abdulmalik al-Anizan, 76), Muhammad al-Vohid.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring