Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodovda yana bir raqobatchi bo‘ladi

Shomurodovda yana bir raqobatchi bo‘ladi

«Roma» ustozi Joze Mourino jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubi forvardi Erik Botxeymni olib kelmoqchi.

Bu futbolchi Konferensiyalar ligasi guruh bosqichida rimliklarga qarshi o‘tkazilgan ikki uchrashuvda uchta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi. Uning iste’dodi portguliyalik mutaxassisni bee’tibor qoldirmagan.

«Roma» hujum chizig‘ida shundoq ham raqobat kuchli hisoblanadi. Asosiy hujumchi Temmi Abraxam bo‘lsa, so‘ng Eldor Shomurodov, Borxa Mayoral, Karles Peres hamda Stefan El-Shaaravi hujum chizig‘i vakillari hisoblanishadi. Agar Botxeym olib kelinadigan bo‘lsa, raqobat yanada kuchayadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring