Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahram G‘iyosov sobiq jahon chempionini 30 soniyada ringga qulatdi (video)

Shahram G‘iyosov sobiq jahon chempionini 30 soniyada ringga qulatdi (video)

Havaskor boksda jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari finalchisi, bugungi kunda professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Meksikaning Ermosilo shahridagi «Sentro de Usos Multiples» arenasida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Shahram kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresga (33-4-2, 21 KO) qarshi ringga ko‘tarilib, WBA International chempionlik kamarini himoya qildi.

10 raundga mo‘ljallangan jang 30 soniyaga ham yetib bormadi. Shahram birinchi aniq va kuchli zarbasidayoq sobiq jahon chempionini texnik nokautga uchratdi. Shu tarzda Shahram G‘iyosov chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring