Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahobiddin Zoirov jahon chempioni bo‘ldi!

Shahobiddin Zoirov jahon chempioni bo‘ldi!

Bugun, 21-sentyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati final janglari bo‘lib o‘tmoqda.

-52 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov terma jamoamizga birinchi oltin medalni taqdim etdi!

U final jangida hindistonlik Amitni mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa Shahobiddin Rio olimpiadasi oltin medali yoniga jahon chempionati oltin medalini ham qo‘shib qo‘ydi.

Navbatda yana uch bokschimiz chempionlik uchun jang qiladi:

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov (O‘zbekiston) – Lazaro Alvares Estrada (Kuba)

-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston) – Bekzad Nurdauletov (Qozog‘iston)

+91 kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring