Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 Shahobiddin Zoirov finalga chiqdi

 Shahobiddin Zoirov finalga chiqdi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlariga start berildi. -52 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov terma jamoamiz vakillaridan birinchi bo‘lib final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Fransiyalik Belal Bennama bilan bahs olib borgan bokschimiz o‘zining aniq va kuchli zarbalari bilan raqibidan ustun ekanligini isbotladi.

Hamyurtimiz oltin medal uchun kechadigan bahsda Saken Bibissonov (Qozog‘iston) va Amit (Hindiston) o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring