Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ruslan Qurbonov O‘zbekiston yengil atletikasi tarixidan joy oldi

Ruslan Qurbonov O‘zbekiston yengil atletikasi tarixidan joy oldi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Ayni kunlarda Qatar poytaxti Doxa shahrida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Quvonarlisi, ushbu kun terma jamoamiz uchun omadli yakunlandi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

3 xatlab sakrash sektorida startga chiqqan Rio olimpiadasi ishtirokchisi Ruslan Qurbonov 16.93 metr natija qayd etdi. E’tiborlisi, hech bir sportchi uning natijasini qaytara olmadi va hamyurtimiz ushbu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston yengil atletikasi tarixida birinchi bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring