Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rufat Risqiyevga 3 xonali uy qurib berilmoqda (foto)

Rufat Risqiyevga 3 xonali uy qurib berilmoqda (foto)

«Toshkent yo‘lbarsi» nomi bilan jahonga mashhur bo‘lgan afsonaviy bokschimiz Rufat Risqiyev yil yakunigacha yangi uyga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasiga binoan har bir sohada faxriylarimizga e’tibor qaratish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, holidan xabar olish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston boks federatsiyasining bosh homiysi «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rufat Risqiyevga yangi xonadon qurish ishlari boshlandi», deyiladi xabarda.

Loyihaga ko‘ra, Rufat akaning xonadonidagi bo‘sh yer maydoniga u kishi uchun barcha qulayliklarga ega 3 xonali uy qurib beriladi. Reja bo‘yicha yangi uy yil yakunigacha qurib bitkaziladi va afsonaviy bokschimiz unga ko‘chib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring