Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu Turinga qaytdi. U 14 kun karantinda bo‘ladi

Ronaldu Turinga qaytdi. U 14 kun karantinda bo‘ladi

«Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiyaga qaytib keldi. Mart oyida Madeyradagi uyiga ketgan 35 yoshli portugaliyalik yulduz futbolchi kuni kecha Turinga yetib kelgan.

Endi uni 14 kunlik karantin kutmoqda. Hammasi ko‘ngildagidek bo‘lsa, Krishtianu yana mashg‘ulotlarga kirishadi.

Yaqin vaqt ichida «Yuventus» ixtiyoriga Gonsalo Iguain, Duglas Kosta, Aleks Sandro, Danilo, Voychex Shchensni, Adriyen Rabo, Sami Xedira, Matteys de Ligt va Blez Matyuidilar ham yetib kelishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4 maydan Italiyada individual mashg‘ulotlarga ruxsat berilgan. 18 maydan esa jamoaviy yig‘inlar boshlanadi.

Manba: uff.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring