Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu, Messi va Levandovski yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilmoqda

Ronaldu, Messi va Levandovski yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilmoqda

Foto: «Google.com»

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) yilning eng yaxshi o‘yinchisi, eng yaxshi darvozaboni va eng yaxshi murabbiyi nomzodlarini e’lon qildi. Eng yaxshi maydon o‘yinchisi nomiga nomzodlar orasida Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Germaniyaning «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski bor.

Ushbu sovrin uchun jami 12 nafar futbolchi da’vogarlik qilmoqda. Ular orasida Neymar («Pari Sen-Jermen»), Serxio Ramos («Real») va Muhammad Saloh («Liverpul») ham bor.

Yilning eng yaxshi murabbiyi degan nomga besh nafar mutaxassis, jumladan, Zayniddin Zidan («Real Madrid»), Yurgen Klopp («Liverpul») va Marselo Belsa («Lids») bor.

Eng yaxshi darvozabonni FIFA olti nafar nomzod orasidan tanlashni taklif etyapti. Nomzodlarning to‘liq ro‘yxatini federatsiya o‘zining rasmiy saytida e’lon qildi. U yerda har bir nomzod uchun ovoz berish mumkin.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring