Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu bu sovrinni 10-marta qo‘lga kiritdi

Ronaldu bu sovrinni 10-marta qo‘lga kiritdi

Foto: «Reuters»

«Kp.ru»ning xabar berishicha, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 10-marta mamlakatning eng yaxshi o‘yinchisi degan nomga musharraf bo‘ldi. Yakuniy ovoz berishda ikkinchi o‘rinni «Atletiko Madrid» forvardi Joau Feliks hamda va uchinchi o‘rinni «Manchester Siti» o‘yinchisi Bernardu Silva qo‘lga kiritdi.

O‘tgan va yangi mavsumda o‘zining yorqin o‘yinlariga qaramay Joau Feliks termadagi yoshi kattaroq jamoadoshiga yetarlicha raqobat ko‘rsatolmadi. Bernardu Silva ham termada ajoyib o‘yinlari bilan ajralib turdi, biroq yana mukofotsiz qoladigan bo‘ldi.

34 yoshli Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsumda 21 ta gol urgani va 11 ta golli uzatma bergani uchun «Yuventus»ning eng yaxshi bombardiriga aylandi, bu jamoa safida Italiya Superkubogi hamda A Seriyasi kubogini, terma jamoa bilan birgalikda esa Millatlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritdi. Lionel Messi hamda Virjil Van Deyk bilan birgalikda FIFA versiyasiga ko‘ra yil o‘yinchisiga nomzodlik qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring