Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ermatov, Qosimov, Kapadze, Abramov va Aziz Haydarov Sardobaga yordam ko‘rsatdi

Ermatov, Qosimov, Kapadze, Abramov va Aziz Haydarov Sardobaga yordam ko‘rsatdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbek futboli vakillari Sirdaryo viloyatida yuz bergan Sardoba fojeasidan ziyon ko‘rgan oilalar holidan xabar olishdi.

Ushbu xayriyada O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov, AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov hamda yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilari Timur Kapadze va Azizbek Haydarov ishtirok etishdi.

Vaziyatga befarq bo‘lmagan futbolchi va murabbiylar tomonidan katta miqdorda pul mablag‘lari xayriya qilindi. Bugun futbolimiz vakillari ushbu pul mablag‘lari va oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim kechaklardan iborat xayriya yuklarini 300 ta oilaga tarqatishdi.

O‘zbek futbolining mashhur vakillari sardobalik aholi bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashgan holda ruhiy dalda berishga harakat qilishdi.

Ushbu xayriya jarayonida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari hamda legioner futbolchilarning hissasi katta bo‘lganini ta’kidlab o‘tish zarur. Shuningdek, mahalliy murabbiylar va futbolchilar ham jabrlangan oilalarga yordam ko‘rsatishda faol bo‘lishmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring