Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman. JCh-2022 musobaqasida 32ta terma jamoa qatnashadi

Rasman. JCh-2022 musobaqasida 32ta terma jamoa qatnashadi

Foto: «Ufa.uz»

Biroz vaqt muqaddam 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati musobaqasida 48 ta jamoa qatnashishi mumkinligi haqida xabarlar berilgan edi. FIFA bu borada qaror qabul qildi.

Qatarda o‘tadigan mundialda 32ta terma jamoa qatnashadi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi FIFAga asoslanib, rasman ma’lum qildi. Bo‘lajak mundialda terma jamoalar sonini 32tadan 48taga oshirish masalasi har tomonlama o‘rganib chiqilgan hamda hozirda bu qarorni qabul qilishning iloji yo‘q ekanligi bo‘yicha xulosaga kelingan.

FIFA agar jahon chempionati ishtirokchilari soni 48taga oshadigan bo‘lsa musobaqani qabul qiladigan Qatar mamlakati tashkiliy masalalarni hal qilishga ulgurmasligini inobatga olib, hozircha bu qarordan voz kechdi.

Shu tariqa jahon chempionati saralash bahslari ham hech qanday o‘zgarishlarsiz avvalgi formatda o‘tadi. 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan FIFAning navbatdagi kongressida jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish masalasi muhokama qilinmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring