Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoyil! 20 yoshli Dilshodbek Ro‘zmetov JCh finaliga chiqdi

Qoyil! 20 yoshli Dilshodbek Ro‘zmetov JCh finaliga chiqdi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlari davom etmoqda. -81 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Dilshodbek Ro‘zmetov angliyalik Benjamin Uitteker bilan bahs olib bordi.

3 raund o‘zining ajoyib harakatlari bilan ajralib turgan Dilshodbek Ro‘zmetov bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa terma jamoamiz vakillari orasida final yo‘llanmasiga sazovor bo‘lgan bokschilar soni 3 nafarga yetdi. Birozdan so‘ng eng og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov ham final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring