Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Paralimpiyachi Azizbek Abdulhabibov avtomashina bilan taqdirlandi

Paralimpiyachi Azizbek Abdulhabibov avtomashina bilan taqdirlandi

2019 yil 21-25 avgust kunlari Vengriyaning Seged shahrida o‘tkazilgan suv sportining eshkak eshish turlari bo‘yicha jahon chempionatida farg‘onalik Azizbek Abdulhabibov faxrli 4-o‘rinni egallab, joriy yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘ladigan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Bugun Farg‘ona viloyati Furqat tumani «Ko‘k do‘ppi» qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan Azizbek Abdulhabibov Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan «Nexia-3» rusumli avtomashina bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda sportchi, uning oila a’zolari va yaqinlari hamda viloyat sport jamoatchiligi ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan Azizbek Abdulhabibov ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun hukumatimizga minnatdorlik izhor qildi va Paralimpiya o‘yinlarining parakanoye yo‘nalishida Vatanimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarish uchun astoydil harakat qilishini bildirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

 

Manba: minsport.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring