Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik sportchilar Tailanddagi ochiq chempionatda 9 ta medalga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistonlik sportchilar Tailanddagi ochiq chempionatda 9 ta medalga sazovor bo‘ldi

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Joriy yilning 9-12 avgust kunlari Tailandning Pattayya shahrida bo‘lib o‘tgan Jiu-jitsu Tailand Gran-pri ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 8 nafar sportchi tarkibida munosib ishtirok etdi va 9ta (2ta oltin, 3ta kumush, 4ta bronza) medalga sazovor bo‘ldi.

Shu jumladan, jamoa tarkibidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti harbiy xizmatchilari 3ta medal (K.Usmonov – 1ta oltin, 1ta bronza; I.Xasanov – 1 ta kumush)ni qo‘lga kiritdilar. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu xalqaro musobaqada o‘z mahoratlarini namoyish etgan 40 dan ortiq davlat jamoalari orasida O‘zbekiston terma jamoasi 7-o‘rinni egalladi.

Yurtimizga qaytib kelgan sportchilarimiz O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarning yaqinlari va oila a’zolari ishtiroki bilan harbiy orkestr sadolari ostida kutib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring