Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi musobaqa ilk bora «Eurosport» kanalida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi

O‘zbekistondagi musobaqa ilk bora «Eurosport» kanalida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi

Foto:O‘zbekiston velosport federatsiyasi matbuot xizmati

2-dekabr kuni Osiyo Velosport Konfederatsiyasi (ASS) Prezidenti Osama Ahmad Abdulla Alshafar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. O‘zbekiston velosport federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad 2019-yilning 22-dan 28-aprelga qadar O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan velosiped sportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Osiyo chempionatining «Yo‘l xaritasi»ni ko‘zdan kechirishdir.

Shuningdek, Osiyo chempionatini ommaviy axborot vositalarida yoritish uchun xorijiy jurnalistlarning yurtimizga tashrif buyurishi hamda mazkur nufuzli Osiyo chempionatini O‘zbekistonda ilk marotaba dunyoning mashxur Yevrosport («Eurosport») kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilishi kutilmoqda.

3-dekabr kuni delegatsiya ishtirokida Toshkentda ijroiya qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda O‘zbekistonda Osiyo chempionatiga tayyorgarlik darajasi, musobaqa bo‘lib o‘tadigan avtomagistral yo‘llarini xolati, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muxokama qilinib, takliflar beriladi.

Osiyo chempionati-2019 direktori Xofer Roland, Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi vakili (UCI) Farhod Aliyev musobaqalar bo‘lib o‘tadigan Toshkent viloyatiga tashrif buyurib, u yerda avtomagistral yo‘llar holati, mehmonxonalarni ko‘zdan kechirdilar.

Ma’lumot uchun shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasida velosport bo‘yicha tarixda birinchi marotaba Osiyo chempionati o‘tkazilishi va mazkur Osiyo chempionatida 2020-yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyalar o‘ynalishini inobatga olib, Osiyo qi’tasidagi 40 ga yaqin davlatlardan 600 ga yaqin velosportchilar ishtirok etib, litsenziyalarni qo‘lga kiritish uchun baxslar olib borishadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring