Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin

Foto: «Metaratings.ru»

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining bir nechta takliflari keltirilgan.

Ular orasida 2021-yil 1-yanvardan boshlab, xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish taklifi ham berilgan.

Farmon loyihasi muhokamasi 2019-yil 29-noyabrgacha davom etadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring