Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston termasi Toshkentda Armaniston bilan o‘ynaydi

O‘zbekiston termasi Toshkentda Armaniston bilan o‘ynaydi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi «D» guruhida 5 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 1-pog‘onasini egallab turibdi.

2020 yilda bosh jamoamizni mazkur saralash bosqichi doirasidagi 3 ta juda muhim o‘yin kutib turibdi. Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31 mart kuni Yaman mehmoni bo‘lishadi.

Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik doirasida terma jamoamiz 23 fevral kuni Dubayda Belarus terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazishi haqida oldinroq ma’lumot berilgandi.

O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, bosh jamoamiz mart oyida Toshkentda ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. 26 mart kuni Armaniston terma jamoasi poytaxtimizda mehmon bo‘ladi. Aynan mana shu uchrashuv Yaman bilan o‘yin oldidan yakuniy tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring