Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston terma jamoasi Iroqni yenga olmadi

O‘zbekiston terma jamoasi Iroqni yenga olmadi

Ektor Kuper murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyaning Amman shahrida Iroq termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

JCh-2022 saralashining dastlabki o‘yinida Falastinga mag‘lub bo‘lgan futbolchilarimiz bu safar ham g‘alaba qozona olishmadi. Ektor Kuper bu uchrashuvga jamoaning eng tajribali a’zolarini maydonga tushirmadi.

O‘zbekiston termasi navbatdagi o‘yinni 10 oktyabr kuni Toshkentda o‘tkazadi. Unda JCh-2022 saralashi doirasida Yaman bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston – Iroq 0:0

O‘zbekiston: Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Yegor Krimets (Doston Tursunov 73), Davron Xoshimov, Aziz G‘aniyev, Odil Hamrobekov, Sanjar Shoahmedov (Oston O‘runov 64), Jaloliddin Masharipov (Doston Ibragimov 75), Quvondiq Ro‘ziyev (Dostonbek Hamdamov 62), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev 57)

Ogohlantirish: Davron Xoshimov (50)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring