Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek shaxmati og‘ir judolikka uchradi

O‘zbek shaxmati og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi asoschilaridan biri, shaxmat jonkuyari, yoshlarning sevimli ustozi Ahmadjon Erkaboyev 73 yoshida vafot etdi.

Ahmadjon Erkaboyev 1948-yilning 1-avgustida Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Toshkent politexnika instituti, Moskva avtomobil yo‘llari instituti hamda Rossiya ichki ishlar vazirligi akademiyalarida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida boshlab, keyinchalik Toshkent shahar davlat avtomobil inspeksiyasi va Ichki ishlar vazirligi davlat avtomobil nazorati inspeksiyasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

A.Erkaboyev 1990-1996-yillarda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi prezidenti sifatida yurtimizda ushbu aql-idrok sporti rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan.

U shaxmat bo‘yicha uch karra faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni hamda ko‘plab yosh va iqtidorli shaxmatchilarning ustozi sanaladi.

Marhumning janozasi bugun, 23-noyabr kuni peshin namozidan keyin poytaxtimizdagi «Minor» jom’ye masjidida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring