Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Osiyo qirolichasi» balandlikka sakrash musobaqalarida ham g‘alaba qozondi

«Osiyo qirolichasi» balandlikka sakrash musobaqalarida ham g‘alaba qozondi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizning 200 nafarga yaqin sportchisi qatnashib, g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi. Armiya sportchilari musobaqaning deyarli barcha yo‘nalishi bo‘yicha bahslarida ishtirok etib, yakunda jami 18 ta medalni qo‘lga kiritdi.  

Yaqinda Xitoyning Szyan Szin va Szyulunpo shaharlarida bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha ikki bosqichli Osiyo Gran-prisidan ikkita oltin medal bilan qaytgan Mudofaa vazirligi sport klubi (MVSK) a’zosi leytenant Nadiya Do‘sanova mamlakat kubogi bahslarida ham balandlikka sakrash bo‘yicha o‘z tengsizligini namoyish etdi va 1-o‘rinni egalladi.

Nadiya nafaqat balandlikka, balki uzunlikka sakrash bo‘yicha ham mahoratga ega va u buni «O‘zbekiston kubogi – 2019» bahslarida ham namoyish etdi. Qizig‘i, bu borada ham unga MVSK a’zosi, ya’ni Alina Yablokova qarshilik ko‘rsatdi va bu safar yoshlik ustun keldi, Alina g‘olib chiqdi. Ayollar o‘rtasidagi uzunlikka sakrash bo‘yicha bahslarda ham mamlakat kubogining oltin va kumush medallari armiya sportchilariga – A.Yablokova va N.Do‘sanovaga topshirildi.

E’tiborli jihati 23 iyun kuni Polshada bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda Nadiya Do‘sanova 1,86 metr natija ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Italiyalik A.Trost ikkinchi, ukrainalik I.Geraщyenko uchinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, MVSK a’zolaridan 100 metrga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha Saidaxon Abdumo‘minova va Anvar Safarov, langar cho‘pga tayanib sakrash bo‘yicha Aziz Seytajiyev, uzunlikka sakrash bo‘yicha Behzod Alimurodov, uch hatlab sakrash bo‘yicha Islom Sibagatulin, yadro uloqtirish bo‘yicha Andrey Retumskiy kubok bahslarining kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqaning 100 metrga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha bahslarida Ergash Normurodov va Valentina Kibalnikova g‘olib chiqdi. Shuningdek, turli masofalarga yugurish bo‘yicha G.Sharipova, Z.Abdullayeva, M.Madaliyeva, Z.Xudoyberdiyeva, S.Ismoilov, A.Sarimsoqov, X.Ahmadaliyev, H.Mahmudov va Ye.Fadeyev marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tib, musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring