Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oltin to‘p-2019»: «Real»dan hech kim TOP-10ga kira olmadi

«Oltin to‘p-2019»: «Real»dan hech kim TOP-10ga kira olmadi

Bugun, 2-dekabr kuni 2019-yilgi «Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda marosim boshlangan.

E’tiborlisi, Madridning «Real» klubidan biror futbolchi TOP-10ga kira olmadi. Madrid jamoasidan Karim Benzema 26-o‘ringa loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Eden Azar 13-o‘rinni egalladi.

Kuchli o‘nlikda esa Allison (Liverpul), Levandovski (Bavariya), Riyod Marez (Manchester Siti), Kilian Mbappe (PSJ), Lionel Messi (Barselona), Krishtianu Ronaldu (Yuventus), Muhammad Saloh (Liverpul), Bernardo Silva (Manchester Siti) va Virjil van Deyk (Liverpul) joy oldi.

«Oltin to‘p»ga «Barselona» yetakchisi Lionel Messi va «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring