Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliqda prezident sovrini uchun jahon chempionati o‘tkaziladi

Olmaliqda prezident sovrini uchun jahon chempionati o‘tkaziladi

Joriy yilning 8-11-avgust kunlari O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun belbog‘li kurash bo‘yicha 2002-2004-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq KMK” AJ sport majmuasi mezbonlik qiladigan chempionatga Germaniya, Isroil, Hindiston, Eron, Xitoy kabi dunyoning 40 ga yaqin mamlakatidan 200 ga yaqin polvonlar kelishi kutilmoqda.

Jahon birinchiligida o‘g‘il bolalar 42, 45, 50, 55, 60, 65, 71, 77, 85, 95 kg.gacha va 95 kg.dan yuqori vazn toifalarida kuch sinashsa, qizlar 44, 48, 52, 57, 63, 70 kg.gacha va 70 kg.dan yuqori vaznda g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Musobaqada o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlar 1500 AQSh dollari, 2-o‘rin sohiblari 1000 AQSh dollari hamda 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan polvonlar esa 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring